Loyihani boshlash
Qoʻngʻiroq qilish Telegram Instagram
UZ RU EN
+998 78 707 01 70

Bloknotlar

Logotipli bloknotlar.

Qattiq muqovali bloknotlar va rejalar kitobi — kompaniyangiz logotipi bilan. Kongrev yoki bosma: muqova materialiga qarab tanlanadi.

01Narx (pechatsiz)10 000 soʻmdan
02Narx (bosma bilan)50 donadan 25 000 soʻmdan
03BrendlashKongrev, UV bosma
04MuqovaSunʼiy teri, matoli, qattiq karton
05MaketIshlab chiqarishdan oldin tasdiqlanadi
06NamunalarShowroomda, Chilonzor

Muqova va format

Bloknotda eng koʻp eʼtibor beriladigan narsa — muqova. U brendlash usulini ham, umumiy taassurotni ham belgilaydi.

01

Sunʼiy teri muqova

Kongrev uchun eng yaxshi yuza: logotip muqovaga botib kiradi va qoʻlda seziladi. Rang qoʻshilmaydi — shakl va soya ishlaydi. Vakillik sovgʻasi uchun koʻpincha shu olinadi.

02

Matoli muqova

Yumshoqroq va zamonaviyroq koʻrinadi. Kongrev ham, bosma ham mumkin, lekin mato toʻqimasi mayda detallarni biroz yutadi — logotip sodda boʻlsa yaxshiroq chiqadi.

03

Toʻplam ichida

Bloknot koʻpincha ruchka bilan birga beriladi. Bloknotga kongrev, ruchkaga oʻyish — ikkalasi bir xil logotip bilan, toʻplam yaxlit koʻrinadi.

Brendlash

Muqovaga logotip qanday tushadi

Bloknotda ikkita usul ishlaydi, va ular butunlay boshqacha natija beradi.

Bloknot muqovasidagi kongrev logotip
01

Kongrev

Qizdirilgan klişe muqovaga bosiladi va logotip shaklini qoldiradi. Rang yoʻq — faqat relyef va soya. Eng premium koʻrinish, lekin mayda yozuvlar va ingichka chiziqlar yoʻqoladi, shuning uchun logotip sodda boʻlishi kerak.

Toʻliq rangli UV bosma logotip yaqindan
02

UV bosma

Toʻliq rangda, mayda detallar bilan. Logotipingizda bir nechta rang boʻlsa yoki aniq rang talab qilinsa — shu usul. Kongrevdan koʻra koʻzga tezroq tashlanadi.

Lazerli oʻyish bloknot muqovasiga odatda qoʻllanilmaydi — u metall va qattiq materiallar uchun. Agar toʻplamda metall ruchka ham boʻlsa, unga oʻyish qilinadi.

Buyurtma qanday boradi

  1. 01

    Nima kerakligini ayting

    Miqdor, qaysi format (A5 yoki A6), byudjet va muddat.

  2. 02

    Muqovalarni koʻrsatamiz

    Bir nechta material varianti. Showroomda qoʻlda ushlab, kongrev qanday chiqishini koʻrish mumkin.

  3. 03

    Maketni tasdiqlaysiz

    Logotip muqovada qanday joylashishini koʻrsatamiz. Kongrev boʻlsa, klişe shu maketdan tayyorlanadi.

  4. 04

    Brendlash va tekshiruv

    Nanesenie, sifat nazorati va qadoqlash.

  5. 05

    Yetkazib beramiz

    Tayyor buyurtma sizga yetkaziladi yoki showroomdan olib ketasiz.

Narx

Narxga nima taʼsir qiladi

Bloknotning narxi toʻrtta narsadan yigʻiladi. Taqqoslayotgan boʻlsangiz, shularni soʻrang.

01

Tiraj

Kongrev uchun klişe bir marta tayyorlanadi va uning narxi tirajga bogʻliq emas. Shuning uchun kichik tirajda u dona narxiga sezilarli qoʻshiladi, kattasida esa deyarli bilinmaydi.

02

Muqova materiali

Sunʼiy teri, mato va karton — uch xil narx. Eng koʻp farq shu yerdan chiqadi.

03

Brendlash usuli

Kongrevda klişe narxi bor, lekin keyin har bir dona arzon. UV bosmada klişe yoʻq, ammo rang soni narxga taʼsir qiladi.

04

Ichki bloki

Varaqlar soni, qogʻoz zichligi va kalendar sahifalari bor-yoʻqligi. Rejalar kitobi oddiy bloknotdan qimmatroq.

Aniq hisob uchun miqdor, format va qaysi muqova qiziqtirayotgani yetarli.

Narxlar bir dona uchun va tirajga qarab pasayadi. Aniq hisob uchun miqdor va modelni ayting.

Narx soʻrash

Savol-javob

Koʻp soʻraladigan savollar.

01

Kongrev yoki bosma — qaysi biri yaxshiroq?

Maqsadga bogʻliq. Kongrev jimroq va qimmatroq koʻrinadi, lekin rang yoʻq va mayda detallar yoʻqoladi. Bosma koʻzga tashlanadi va logotipni aynan oʻz ranglarida beradi. Logotipingiz koʻp rangli boʻlsa, bosma mantiqli.

02

Logotipim juda mayda detalli, kongrev chiqadimi?

Maket bosqichida aytamiz. Ingichka chiziqlar va kichik yozuvlar relyefda yoʻqoladi — bunday hollarda logotipning soddalashtirilgan variantini tayyorlashni taklif qilamiz yoki bosmaga oʻtamiz.

03

Ichiga kompaniya maʼlumotlarini qoʻshsa boʻladimi?

Ha — birinchi sahifaga kontaktlar yoki kalendar qoʻshish mumkin. Buni ham maket bosqichida kelishib olamiz.

04

Qaysi format koʻproq olinadi?

A5 — eng koʻp. Stolda ham, sumkada ham qulay. A6 kichikroq tadbirlar va koʻproq tirajlar uchun olinadi.

05

Ruchka bilan birga buyurtma qilsam?

Shunday qilgan maʼqul: qadoqlash bitta boʻladi va toʻplam yaxlit koʻrinadi. Bloknotga kongrev, ruchkaga oʻyish — bir xil logotip bilan.

01

Logotipli ruchkalar

Metall va soft-touch ruchkalar — kompaniyangiz logotipi bilan. Usulni korpusga qarab tanlaymiz, maketni ishlab chiqarishdan oldin tasdiqlaysiz.

Mahsulotlarni koʻrish
02

Korporativ sovgʻa toʻplamlari

Bir nechta buyum bitta qutida, bitta logotip bilan. Tarkibni maqsad va byudjetga qarab yigʻamiz — qadoqlash va yigʻish ham xizmatga kiradi.

Mahsulotlarni koʻrish
03

Logotipli termoslar

Termoslar, butilkalar va krujkalar — kompaniyangiz logotipi bilan. Metall yuzada lazerli oʻyish eng bardoshli natijani beradi.

Mahsulotlarni koʻrish
LAKO showroomi — mahsulotlar va materiallar namoyishi

LAKO ichida

Buyurtma berishdan oldin mahsulotlarni koʻring.

Showroomimizda LAKO mahsulotlari, materiallari va korporativ sovgʻa variantlari bilan tanishing.

Chilonzor tumani, Ts kvartali, 6A-uy, 100115, Toshkent

Showroomga tashrif buyuring

Loyihani boshlash

Brendingizni ularning qoʻliga berishga tayyormisiz?

Nima kerakligini ayting — mos mahsulot va brendlash yechimini tanlashda yordam beramiz.

Mahsulotlarni koʻrish

Demo forma — soʻrovlar hozircha saqlanmaydi va yuborilmaydi. CRM / email integratsiyasi uchun tayyorlangan.